Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan bir kunligiga Qatar poytaxti Dohada.

1447789
Prezident Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan bir kunligiga Qatar poytaxti Dohada.

Erdo‘g‘an, Dohadagi eski Xalqaro aeroportida Qatar Mudofaa vaziri Halid bin Muhammad al – Attiyoh bilan turk va qatarlik boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Uchrashuvda do‘st va qardosh ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning har jihatdan qo‘lga olinishi kutilmoqda.

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi avj olgandan beri birinchi chet el tashrifini Qatarga yo‘lga qo‘ygan Erdo‘g‘an bilan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniyning mazkur uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida ham keng ko‘lamli fikr almashishi ko‘zda tutilmoqda.  

Erdo‘g‘anga tashrifi chog‘ida G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun, Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan hamrohlik qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar