TIKA Afg'onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Turk Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA) tomonidan Afg'onistonda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tarqalishiga qarshi kurash doirasida taqdim etilgan tibbiy buyumlar marosim bilan Kobul gubernatoriga topshirildi.

1443235

Gubernator o'rinbosarlari Hanifa Giruval va TİKA Kabul koordinatori Zuhti Chal, yuqumli kasallik tufayli, ijtimoiy masofa qoidasi rioya qilingan  ochiq maydonda yetkazib berish marosimida qatnashdi.

Marosimda so'zlagan Gubernator o'rinbosari Giruval, Kovid- 19ga qarshi kurash doirasida Turkiyadan yuborilgan yordam  makonlarni  tozalash uchun  foydalaniladi deya qayd etdi.

Afg'on xalqining qiyin kunlarida yordamini ayamagan turk xalqi va TİKA-ga minnatdorliklarini izhor etgan Giruval, "

Ilgari, Kovid 19 kasalligidan zarar ko’rgan  3000 oilaga TIKA tomonidan oziq-ovqat yordami ko'rsatilgandi.  Qorong'u kunning do'sti bo'lgan birodar Turk davlatiga minnatdormiz” dedi.

TIKA Kobul koordinatori Chal, shuningdek, 3000 muhtoj oilalarga, ayniqsa Ramazonda epidemiyadan aziyat chekkan oilalarga oziq-ovqat yordami ko'rsatganligini va ikkinchi bosqichda ular 10 ming litr xlor, 1000 himoya kostyum va 200 purkagich nasoslarini Kobul hokimiyatiga topshirganligini bildirdi.

Chal, TİKA sifatida, Afg'oniston davlati va xalqining rivojlanishiga imkon qadar hissa qo'shishni davom ettirishlarini ta'kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Kobul , #Afg'oniston , #TIKA

Aloqador xabarlar