Turkiya qochqinlar masalasi bo'yicha Avstriyani aybladi

"Yevroittifoq xalqaro bitimlarga va Yevropa Ittifoqining huquqiy meyorlariga amal qilish, chegaraga kelgan qochqinlarni himoya qilish, ularga nisbatan qo’pol muomala ko’rsatmaslikka majburdir",-dedi Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y.

1441415
Turkiya qochqinlar masalasi bo'yicha Avstriyani aybladi

 

Turkiya qochqinlarga chegaralarini yopgan Avstriyani insoniyat qadriyatlariga hilof munosabatda bo’lganlikda aybladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y Avstriya bosh vaziri Sebastian Kurzning yunon gazetasiga bergan muloqotiga munosabat bildirdi.

“Avstriya bosh vaziri Sebastian Kurz yunon gazetasiga bergan muloqotida qochqinlar muammosiga to’xtaldi. Birinchilardan bo’lib, qochqinlarga o’z chegaralarini yopgan va hatto chegarani devor bilan to’sishni taklif qilgan bu davlat Yevropa Ittifoqining va insoniyatning mushtarak qadriyatlariga, inson huquqlariga, shuningdek, 1951 yilda imzolangan Jeneva bitimiga hilof harakat qilmoqda”,-deb aytgan Hami Akso’y.

Uning ta’kidlashicha, Yevroittifoq xalqaro bitimlarga va Yevropa Ittifoqining huquqiy meyorlariga amal qilish, chegaraga kelgan qochqinlarni himoya qilish, ularga nisbatan qo’pol muomala ko’rsatmaslikka majburdir.

“Aslida, Avstriyaning qochqinlarga nisbatan noo’rin munosabati Gretsiyaning munosabatidan farqli emas”,-deb aytgan Hami Akso’y.

 


Tanlangan kalimalar: #qochqin , #Sebastian Kurz , #Avstriya , #Yevroittifoq

Aloqador xabarlar