Turkiya Mali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

“14 iyunda Malining Segu viloyatida harbiy kolonnaga sodir etilgan hujumda ko’plab harbiylarning halok bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terror hujumini qoralaymiz. Qardosh Mali hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz!”,-deyiladi maktubda.

1437509
Turkiya Mali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Mali janubida harbiylar kolonnasiga sodir etilgan va ko’plab harbiylarning halok bo’lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Maliga ta’ziya maktubi yo’lladi.

“14 iyunda Malining Mavritaniya bilan chegaradosh Segu viloyatida harbiy kolonnaga sodir etilgan hujumda ko’plab harbiylarning halok bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terror hujumini qoralaymiz. Qardosh Mali hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz!”,-deyiladi maktubda.

Eslatish joizki, 14 iyunda Mali janubida Mavritaniya bilan chegaradosh Segu viloyatida harbiylar kolonnasi jangarilar pistirmasiga uchragandi. Voqeada 44 harbiy bedarak yo‘qolgandi. Ko’p o’tmay harbiylardan 24 nafarining jasadi topilgandi. 8 harbiy qutqarilgandi.

Ta'kidlanishicha, harbiylarning bir nechta avtomobili mina bilan portlatilgan, so‘ngra kolonna yirik kalibrli quroldan o‘qqa tutilgan. 

 

 



Aloqador xabarlar