Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li oliy martabali mehmon Muhammad Javod Zarif bilan Istanbuldagi Dolmabahche saroyida uchrashdi.

1436291
Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li oliy martabali mehmon Muhammad Javod Zarif bilan Istanbuldagi Dolmabahche saroyida uchrashdi.

Vazirlar uchrashuvidan so’ng matbuot anjumani o’tkazildi.

Mavlud Chavushog'li anjumanda Turkiya va Eron o’rtasidagi aviaqatnovlar 1 avgustdan e’tiboran boshlanishi rejalanganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, mintaqada ro’y berayotgan siyosiy o’zgarishlarga to’xtalgan Mavlud Chavushog'li: “Terrorizm faqat bizning emas, balki butun dunyoning mushtarak muammosidir. AQShning Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalariga qarshimiz. Liviya masalasida esa, Rossiya bilan olib borilayotgan muzokaralarimizda hech qanday qiyinchilik yo’q. Doimiy sulh tuzishni ta’minlash uchun amaliy muzokaralarimiz davom etadi”,-dedi.

Anjumanda so’zga chiqqan Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif: “Global xatar- COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda Eron xalqiga ko’rsatgan yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildiraman. Turkiya AQShning embargosiga qarshi hamisha bizning tarafimizni tutdi. Liviya masalasi bo’yicha Eron va Turkiya hamfikr”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Muhammad Javod Zarif , #Eron

Aloqador xabarlar