Turkiya Nigeriya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Mamlakatning Borno shtatiga qarashli Foduma Kolomaiya qishlog’i “Boko Harom” terrorchilik guruhi tomonidan bosib olindi. Jangarilarning qishloqqa hujumi oqibatida 69 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

1433671
Turkiya Nigeriya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Nigeriyada sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralab, ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Nigeriyaning Borno shtatida sodir etilgan terrorchilik harakatida afsuski, ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va yaradorlarning borligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Nigeriya xalqiga va hukumatiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatish joizki, kuni kecha mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Borno shtatiga qarashli Foduma Kolomaiya qishlog’i “Boko Harom” terrorchilik guruhi tomonidan bosib olingandi. Jangarilarning qishloqqa hujumi oqibatida 69 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgandi, ko’plab insonlar jarohatlangandi.

Nigeriyada 2000 yillardan buyon “Boko Harom” terrorchilik guruhi a'zolari harakat qiladi. Ular tinch aholi va huquq-tartibot idoralariga ko‘plab hujumlar sodir etib keladi. Shuningdek, ko’plab ayollarning o‘g‘irlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Ular shu kungacha qariyb 20 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo’lgan.

Terror guruhi 2015 yildan buyon mamlakatga chegaradosh davlatlar Kamerun, Chad va Niger davlatlarida ham hujumlar sodir eta boshladi. Jangarilarning birgina Chad ko’li havzasidagi hujumida kamida 2000 kishi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #terror guruhi , #Boko Harom , #Nigeriya

Aloqador xabarlar