Turkiya Braziliyaga 650ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yubordi

Braziliya matbuotida tarqalgan xabarlarda Turkiyadan olingan 1500ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozidan 650tasi mamlakatga yetib kelganligi va yakshanba kunidan boshlab shifoxonalarga tarqatilishi yozildi.

1431578
Turkiya Braziliyaga 650ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yubordi

 

 

Turkiya Braziliyaga 650ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yubordi.

Tibbiy mahsulotlar mamlakatning Sao Paulo shtatiga yetib bordi.

Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank tvitterda tibbiy mahsulotlarning braziliyalik vakillarga topshirilish jarayoni aks etgan video tasvirni namoyish qildi.

Braziliya matbuotida tarqalgan xabarlarda Turkiyadan olingan 1500ta respirator – o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozidan 650tasi mamlakatga yetib kelganligi va yakshanba kunidan boshlab shifoxonalarga tarqatilishi yozildi.

210 mln aholiga ega bo’lgan Braziliya koronavirus tarqalish darajasi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi.

Mamlakatda shu kungacha 35 930 kishi virus qurboniga aylandi. Virusga chalinganlar soni 672 846 nafarni tashkil qilmoqda.



Aloqador xabarlar