Kovid-19 ga qarshi kurashda yetarli bo'lmagan xalqaro tashkilotlar endi ko'proq so'roq qilinmoqda.

Ibrahim Kalin Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trampning kovid-19ni "xitoy virusi" deb ta'riflashi AQSh va Xitoy o'rtasidagi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan savdo urushlarining  bir ko’rsatkichi ekanligini ta'kidladi.

1419258
Kovid-19 ga qarshi kurashda yetarli bo'lmagan xalqaro tashkilotlar endi ko'proq so'roq qilinmoqda.

Prezidentning matbuot kotibi Ibrahim Kalin yangi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi kurashda yetarli bo'lmagan xalqaro tashkilotlar endi ko'proq so'roq qilinayotganini aytdi.

Ibragim Kalin YouTube-da jonli efirga  ishtirok etib mavzuni baholadi.

Kalin, sog'liqni saqlash chora-tadbirlari, jamoat tartibi, oziq-ovqat sektori, transport va aloqa sohasiga  kiritilgan sarmoyalari  Kovid-19 epidemiya jarayonida  ijobiy natijalar berganini  bildirdi.

Yevropada yuqumli kasallikning tarqalishi Yevropa Ittifoqi (YI) g'oyasini va birdamlik ruhini zaiflashtirganligini tushuntirib, YI g'oyasi haqida  shubhachilik  kuchayganligini va ushbu epidemiyaga tayyor bo'lmagan Yevropa mamlakatlari orasida munozaralar tezlashdi deya qayd etdi.

Kalin,

“Ushbu jarayonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) samaradorligi va qonuniyligi shubha ostiga olindi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) qanchalik samarali? G20 so'roq qilinmoqda. Ushbu surishtiruv bundan keyin ham davom etadi "  deb qayd etdi.

Ibrahim Kalin Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trampning kovid-19ni "xitoy virusi" deb ta'riflashi AQSh va Xitoy o'rtasidagi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan savdo urushlarining  bir ko’rsatkichi ekanligini ta'kidladi.

Kovid-19   dunyoda irqchilikni avj oldirishi haqida ogohlantirgan degan  Kalin, ayniqsa AQShda qurol sotishida katta  ortish borligini va ba'zi joylarda ba'zi irqiy guruhlarga qarshi ba'zi irqchi nutqlar va munosabatlar rivojlanganligini aytdi.

U, Hindistonda musulmonlar virusga  qarshi ayblanganligini va 2 Fransuz shifokori "emlash tajribalari Afrikada o'tkazilishi kerak" deb ta'kidlab, irqchi nutq va xatti-harakatlardan qochish kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #So'roq , #Xalqaro tashkilotlar , #Kalin , #Irbrahim

Aloqador xabarlar