Yuz yildan beri 23 - aprel kunlari Turkiyada qo‘shaloq bayram nishonlanib keladi

Turkiyada bugun TBMMning ochilishining 100 – yilligi va 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami nishonlanmoqda.

1403958
Yuz yildan beri 23 - aprel kunlari Turkiyada qo‘shaloq bayram nishonlanib keladi

Turkiya yuz yildan beri 23 - aprel kunlari bolalarga atab bayram uyushtirib keladi.

Bu kun 1920 - yilda Turkiya Buyuk Millat Majlisiga asos solingan kunga to‘g‘ri keladi.

Bu yil yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ushbu milliy va muqaddas kunga atalgan qo‘shaloq bayram dasturlari qisqartirildi.

Huddi mana shu qisqa bayram dasturi doirasida bugun majlisdagi Otaturk yodgorligi oldida marosim uyushtirildi.

Marosimda TBMM raisi Mustafa Shentop Otaturk yodgorligiga qizil va oq rangdagi chinnigullardan yasalgan gulchambar qo‘ydi. Buyuk davlat arbobi Otaturk xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanishi ortidan Istiqlal Marshi ya’ni Turkiya Respublikasining Milliy madhiyasi yangradi.

Majlisdagi marosim ortidan TBMM raisi Mustafa Shentop yetakchiligidagi davlat arboblari TBMMning ochilishining 100 – yilligi va 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan poytaxt Anqaradagi Anitkabir yodgorlik majmuasida uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Bu marosimga Mustafa Shentop bilan birga vitse - prezident Fuat O‘ktay, siyosiy partiya rahbarlari bilan ba’zi davlat vazirlari va deputatlar qatnashdi.

Shentop, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dasthat yozdi.

23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan Xalq Ta’limi vaziri Ziya Selchuk ham bugun Anitkabirda bo‘ldi.

Ziya Selchuk ham majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dasthat yozdi.

Turkiyadagi bugungi qo‘shaloq bayram munosabati bilan mamlakatning Istanbul shahrining Taksim maydonidagi Respublika yodgorligida ham marosim uyushtirildi.



Aloqador xabarlar