Turkiyada koronavirus qurbonlari soni 2017 kishiga yetdi

Turkiyada 19 aprel soat 19:00 holatiga ko’ra, yana  127 nafar  bemor yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusdan vafot etdi.

1401203
Turkiyada koronavirus qurbonlari soni 2017 kishiga yetdi

 

Turkiyada 19 aprel soat 19:00 holatiga ko’ra, yana  127 nafar  bemor yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusdan vafot etdi.

Shu bilan mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2017 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja tvitterda ma’lum qildi.

Vazirning ma’lum qilishicha, 19 aprel soat 19:00 holatiga ko’ra, 35 344 kishi koronavirus infektsiyasiga qarshi test topshirdi. Ulardan 3977 nafariga koronavirus tashxisi qo'yildi.

Virus yuqtirib olgan bemorlardan yana 1523 nafari sog’aygan, shu bilan Turkiyada koronavirusdan sog’ayib ketganlarning umumiy soni 11 976 nafarga yetdi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar