Turkiyada xalqaro aviaqatnovlar butunlay to’xtatildi
Shaharlararo aviareyslar esa mahalliy hukumatning ruxsati bilangina amalga oshiriladi.

Turkiyada xalqaro aviaqatnovlar butunlay to’xtatildi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an xalqqa murojaatida ma'lum qildi.
“Barcha xalqaro reyslar ikkinchi ta’limotga qadar to‘xtatildi. Agar olinayotgan barcha chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilsak, biz bu kasallikni yengib o’tamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.
Prezidentning ta'kidlashicha, shaharlararo aviareyslar mahalliy hukumatning ruxsati bilangina amalga oshiriladi.
So’ngi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus qurbonlari soni 108 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 7402 nafarni tashkil qilmoqda. 70 nafar bemor sog’ayib ketganligi ma’lum qilindi.
Aloqador xabarlar

Prezident Erdo‘g‘an: “Asl kun tartibimiz xalqimiz masalalaridir”.
Prezident Erdo‘g‘an partiyasining TBMM guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

Turk askarlarining Aden ko‘rfazidagi xizmat muddati uzaytirildi
Turk askarlarining Aden ko‘rfazidagi xizmat muddati yana bir yilga uzaytirildi.