Turkiyada maktablar va oliygohlar uchun 30 aprelga qadar ta'til e'lon qilindi

TRT-EBA TV boshlang’ich ta’lim, TRT-EBA TV o‘rta maxsus ta'lim  va TRT-EBA TV Litsey ta’limi, HD (yuqori sifatli) va SD (Standart) bo’lib jami 6 telekanaldan onlayn dars beriladi.

1385293
Turkiyada maktablar va oliygohlar uchun 30 aprelga qadar ta'til e'lon qilindi

 

 

Ma'lumki, Turkiyada koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari karantinga yopilgandi. Maktablar va oliygohlarga 23-martdan 27- martga qadar ta’til e’lon qilingandi. Bu muddat 30 aprelga qadar uzaytirildi.

Bu haqda Turkiya Milliy ta’lim vaziri Ziyo Selchuk ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar hamda o‘quvchilarga telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yilgandi. Tv-darslar 30 aprelga qadar o’z faoliyatini davom ettiradi.

Telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali masofaviy ta'lim doirasida boshlang’ich ta’lim, o’rta maktab va litsey o’quvchilari 30aprelga qadar TRT-EBA TV va ijtimoiy tarmoqlardagi EBA sahifasi orqali ta’lim oladilar.

O’quvchilar TRT-EBA TV va "eba.gov.tr" orqali o‘quv dasturlarini kuzatib borish, o’z sinflariga oid darslarning qaysi kunda va soat nechada ekanligidan boxabar bo’lish va ularga ajratilgan vaqtda mavzularni onlayn tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

TRT-EBA TV boshlang’ich ta’lim, TRT-EBA TV o‘rta maxsus ta'lim  va TRT-EBA TV Litsey ta’limi, HD (yuqori sifatli) va SD (Standart) bo’lib jami 6 telekanaldan onlayn dars beriladi.

Onlayn dasturlarni "eba.gov.tr" internet tarmog’idan yoki TRTning internetdagi sahifasidan kundalik va haftalik kuzatib borish mumkin.

Darsdan qolgan o’quvchilar uchun o’sha kunning o’zida takroriy darslar onlayn efirga uzatiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #ta'til , #maktab , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar