Mavlud Chavushog’li Turkiyaga hamdardlik bildirgan davlatlarga minnatdorlik izxor etdi

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Erondagi zilzilaning Van viloyatiga ta’sir ko’rsatishi oqibatida halok bo’lgan Turkiya fuqarolari uchun ta’ziya bildirgan Gretsiya, Latviya, Litva va Albaniya tashqi ishlar vazirlariga tashakkur izxor etdi.

1365142
Mavlud Chavushog’li Turkiyaga hamdardlik bildirgan davlatlarga minnatdorlik izxor etdi

 

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li qo’shni davlat Erondagi zilzilaning Van viloyatiga ta’sir ko’rsatishi oqibatida halok bo’lgan Turkiya fuqarolari uchun ta’ziya bildirgan davlatlarga minnatdorlik bildirdi.

Jumladan, Gretsiya, Latviya, Litva va Albaniya tashqi ishlar vazirlariga samimiy tashakkur izxor etdi.

Eslatish joizki, kecha Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati Koy tumanida sodir bo’lgan 5.9 bal zilzila Turkiyaning ba’zi viloyatlarida ham sezilgandi. Turkiyaning Van viloyati Bashkale tumaniga ta’sir ko’rsatgan zilzilada 9 kishi halok bo’lgandi.

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias, Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevics, Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius, Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri vakili Gent Cakaj tvitter orqali Vanda halok bo’lganlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirdilar. Shuningdek, yaradorlarga shifo tilaklarini izxor etdilar.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ham tvitter orqali Turkiyaga ta’ziya bildirgan davlatlarning tashqi ishlar vazirlariga shaxsan minnatdorlik bildirdi.

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja kecha Turkiya-Eron chegara hududlarida zilzila sodir bo’lganligini, buning oqibatida Vanning Bashkale tumanida 9 kishi halok bo’lganligini va 50 kishi jarohatlanganligini ma’lum qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Van , #zilzila , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar