Suriyada rejim harbiylari tomonidan sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi

Turkiya qurolli kuchlari qo’shini tomonidan darhol keskin javob zarbalari berildi. Suriya hukumati qo’shiniga oid 21 ta ob’yekt portlatildi.

1364493
Suriyada rejim harbiylari tomonidan sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi

 

 

Suriyaning Idlib viloyatida rejim harbiylari tomonidan sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Idlibda xizmat qilgan Turkiya qurolli kuchlari qo’shiniga nisbatan Suriya hukumati qo’shini tomonidan sodir etilgan hujum oqibatida bir nafar turk askar halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

Turkiya qurolli kuchlari qo’shini tomonidan darhol keskin javob zarbalari berildi. Suriya hukumati qo’shiniga oid 21 ta ob’yekt portlatildi.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #shahid , #Turkiya Qurolli kuchlari

Aloqador xabarlar