Turkiya Idlibda tinchlikni o‘rnatish uchun kerakli yo‘l xaritasini belgilab oldi

Prezident Erdo‘g‘an mamlakatning Izmir viloyatidagi Menemen-Aliog‘a (Aliağa)-Chandirli avtomobil yo‘lining xizmatga ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Idlibdagi inqirozga to‘xtaldi.

1364441
Turkiya Idlibda tinchlikni o‘rnatish uchun kerakli yo‘l xaritasini belgilab oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Suriyaning Idlib viloyatida tinchlikni o‘rnatish uchun kerakli yo‘l xaritasi belgilab olingan.

Prezident Erdo‘g‘an mamlakatning Izmir viloyatidagi Menemen-Aliog‘a (Aliağa)-Chandirli avtomobil yo‘lining xizmatga ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Idlibdagi inqirozga to‘xtaldi.

Kecha Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqat qilganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Masala har tomonlama ko‘rib chiqilgach, yo‘l xaritamizni belgilab oldik. Muzokara o‘tkazayotganimizni e‘lon qilamiz. Global kuchlarning senariylariga bosh egmaymiz. Yana-da kuchli va qarorli qadamlar tashlaymiz” deya gapirdi.

Erdo‘g‘an,

“Bugungi kunda Suriya, Liviya, O‘rta yer dengizi va umumiy olib qaraganda kurash olib borishdan biz chekingan har qanday masala ertangi kuni bizga yana da og‘irroq badal bilan qaytadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning Suriya va Liviya siyosatining na sarguzasht na zavq emasligini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Qolaversa kerakli faoliyatlarni bir o’zimiz yuritib, yurtimizni to‘g‘ri yo‘lga yetaklashga urinyapmiz. Kurashimiz jarayonida ham siyosiy, ham diplomatik ham da harbiy kuchimizdan eng oliy darajada foydalanyapmiz. Oldimizdagi muammo sohalarining hech qaysinisida ortga tisarilmay, biz boshlatgan faoliyatlarni mutlaqo davom ettirib, Xudo xohlasa maqsadimizga erishamiz” dedi.



Aloqador xabarlar