Erdo'g'anning Pokistonga bo’lgan tashrifi mamlakatning OAVda keng ko’lamli o’rin oldi

Ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo’lib qaytgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning bayonotlari va Turkiya - Pokiston o’rtasida tuzilgan shartnomalarga ikkala mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng ko’lamli o’rin ajratildi

1360110
Erdo'g'anning Pokistonga bo’lgan tashrifi mamlakatning OAVda keng ko’lamli o’rin oldi

Ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo’lib qaytgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning bayonotlari va Turkiya - Pokiston o’rtasida tuzilgan shartnomalarga ikkala mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng ko’lamli o’rin ajratildi.

Prezident Erdo'g’anning 13-14 fevral kunlari Pokistonga bo’lgan tashrifi ortidan uning Kashmir, Noqonuniy daromadlarni yuvishga qarshi kurashish bo’yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqaruvchi guruh (FATF) va hamkorlik haqidagi bayonotlariga alohida e’tibor berildi.

Pokiston milliy majlisida uyushtirilgan matbuot anjumanida senator va deputatlarga xitob etgan Erdo’g’anning, “Pokiston xalqining, Ozodlik kurashimiz chog’ida o’zidan orttirib bizga yuborgan yordamlarini hech qachon unutmadik, unutmaymiz ham. Shunday ekan biz ham Kashmir uchun huddi shunday qilamiz. Kecha Chanoqqal’a, bugun esa Kashmir… ikkalasi o’rtasida hech qanday farq yo’q” degan ifodalari ommaviy axborot vositalarida keng ko’lamli o’rin oldi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an to’xtalgan Kashmir masalasiga keng ko’lamli o’rin ajratgan Pokistonning nufuzli “Dawn” nashri, kuzatuvchilariga Chanoqqal’a haqida ham ma’lumotlar berdi.

Erdo’g’anning nutqida, terrorni moliy jihatdan ta’minlovchi va noqonuniy daromadlarni yuvishga qarshi kurash olib bormaganligi asosida Pokistonni kulrang ro’yhatga kiritgan FATFning fevraldagi yig’ilishida, Turkiyaning Pokistonni qo’llab-quvvatlashi haqidagi bayonoti esa nufuzli “Geo” telekanal va internet sayti tomonidan alohida namoyish etildi.

“The News” gazetasining birinchi sahifasida Erdo’g’anning majlisga xitob etgan chog’idagi fotosurati chop etilar ekan, FATF va Kashmir haqidagi so’zlari oldingi o’rinda edi.

Ushbu tashrifni “The News” baholar ekan bu haqida, “Ommaviy axborot vositalarining qiziqishi Erdo’g’anning uchog’ining g'ildiragi yerga tekkanida boshladi. Urdu tilidagi gazeta o’quvchilari, juma kuni Erdo’g’an va uning rafiqasining fotosurati bilan uyg’ondi” degan ifodalarga o'rin berdi.

Pokistonda eng ko’p o’qilgan urdu tilidagi gazetalardan birida, ikkala mamlakat munosabatlari haqidagi eslatmalarga o’rin berildi.

“Daily Ittehad” gazetasi Erdo’g’anning tashrifi tufayli urdu va ingiliz tillarida qo’shimcha sahifa chop etar ekan sarlavhasida esa turk tilida, “Islom dunyosining lideri, Pokistonga xush kelibsan!” degan ma’nodagi ifodalarga o’rin berdi.  Ikkala mamlakat munosabatlariga alohida e’tibor qaratilgan gazetada, Pokistondagi Turk tashkilotlari va Turkiyadagi o'quv muassasalari haqida ma’lumot beruvchi maqolalardan ham foydalanildi.

 

 



Aloqador xabarlar