Hulusi Akar Belgiyada NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar sammit doirasida AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan uchrashdi.

1358720
Hulusi Akar Belgiyada NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etdi

 

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO qarorgohida NATOga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari ishtirokidagi NATO mudofaa vazirlari sammitida ishtirok etdi.

Hulusi Akar sammit doirasida AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Suriya va Iroqdagi vaziyat bo’yicha fikr almashildi, shuningdek AQSh va NATOning Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo’shishi muhim ekanligi qayd etildi.

Hulusi Akar bundan tashqari, Ukraina mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mintaqaviy o’zgarishlar, mudofaa va harbiy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

So’ngra, Gretsiya mudofaa vaziri Nikolaos Panagiotopoulos bilan uchrashgan Hulusi Akar ikki davlat o’rtasida muloqotni davom ettirishning ahamiyatiga to’xtaldi.

Hulusi Akar NATO mudofaa vazirlari sammiti doirasida amalga oshirilgan “Harakat va missiyalar” nomli anjumanda ham ishtirok etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar