Ersin Tatar:"Xalqimiz hech qanday foydasi bo’lmagan Akinjiga saylovda kerakli javobni beradi"

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar prezident Mustafo Akinjining "The Guardian" gazetasiga bergan intervyusini qoraladi.

1355921
Ersin Tatar:"Xalqimiz hech qanday foydasi bo’lmagan Akinjiga saylovda kerakli javobni beradi"

 

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjini bo’lmagan gapni ilgari surib, Turkiyani tanqid qilishi saylovda g’olib bo’lish umidida tashlangan "yanglish qadam" deb baholadi.

Ersin Tatar prezident Mustafo Akinjining "The Guardian" gazetasiga bergan intervyusini qoralab, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi kiprlik turklarning o’z sharafi bilan yashashi va ulug’lanishi uchun tashkil etilganligini bildirdi.

“Xalqimiz o’ziga hech qanday foydasi bo’lmagan bu shaxsga saylovda ovoz bermagan holda kerakli javobni beradi degan umiddamiz”,-dedi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar.

Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan ona vatan Turkiya doimo qardoshlarcha, samimiy hamkorlik ruhida Kipr masalasini birgalikda muhokama qilishi kerak.

“Boshqa yo’l yo’q. Boshqa yo’l xalqimiz va millatimizga zarar olib keladi”,-deydi u.

“Bunga misol, janob Akinjining "The Guardian" gazetasiga bergan intervyusi rumlarga juda yoqadigan intervyudir. Janob Akinji afsuski, Kipr muammosining yechimi xususida Turkiya tomonidan ko’rsatilgan barcha sa’y-harakatlarni ko’rmaslikka oldi”,-deb qo’shimcha qiladi Ersin Tatar.

 

 



Aloqador xabarlar