Fahrettin Altun, turk askarlarini nishonga olgan hujumlarga e’tiroz bildirib, Yevropani ogohlantirdi

“Harmoon Zamonaviy tadqiqot markazi”, “Suriya TV” va “Yaqin Sharq Tadqiqotlari markazi” mezbonligida uyushtirilgan shuningdek, Turkiya va Suriya media sohasi vakillari o’rtasida o’tkazilgan yig’ilish bugun Istanbulda o’z ishini boshladi.

1355601
Fahrettin Altun, turk askarlarini nishonga olgan hujumlarga e’tiroz bildirib, Yevropani ogohlantirdi

Turkiya Respublikasi Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari professor doktor Fahrettin Altun, Suriyaning Idlib shahrida yuz bergan voqealarning qabul qilinishi imkonsiz ekanligini qayd etdi.

“Harmoon Zamonaviy tadqiqot markazi”, “Suriya TV” va “Yaqin Sharq Tadqiqotlari markazi” mezbonligida uyushtirilgan shuningdek, Turkiya va Suriya media sohasi vakillari o’rtasida o’tkazilgan yig’ilish bugun Istanbulda o’z ishini boshladi.

Anjumanning ochilishida so’zga chiqqan Fahrettin Altun, Idlibdagi rejim kuchlarining turk askarlarini nishonga olgan hujumlariga e’tiroz bildirdi va bu haqida,

“Vatan avlodlarini shahid qilgan qotillar bu ishiga javob beradi” dedi.

Fahrettin Altun, Asad rejimining Suriyaning kelajagida hech qanday o’rni yo’qligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

“Idlibda ortga qaytarilishi imkonsiz voqealarning yuz berishiga to’siqlik qilishimiz darkor” degan Altun, 3 milliondan ortiq tinch aholining mintaqada chorasiz qolganligini eslatib o’tgan holda Yevropani ogohlantirdi.

Aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun,

“Chegaramizning hamon ortidagi jarayon to’xtatilmagudek bo’lsa yangi va bundan ham yirik muhojirlar oqimi boshlaydi. Bu oqim yo’lida duch kelgan nimaiki bo’lsa, hammasini olib Yevropaning poytaxtlariga yetib boradi” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #muhojirlar oqimi , #rejim kuchlari

Aloqador xabarlar