Erdo’g’an:“Suriya rejimi uchun buning oqibati albatta juda og’ir bo’ladi”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Ukrainaga tashrifini yakunlab Turkiyaga qaytish yo’lida samolyotda jurnalistlar bilan muloqot qildi.

1353272

Erdo’g’an Suriyaning Idlib viloyatida Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga qarata sodir etilgan hujum haqida gapirar ekan, Beshar Asad rejimiga qarshi qattiq javob choralari qo‘llanishini ma’lum qildi.

Ushbu hujum Idlib kelishuvini oyoq osti qilganligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Rejim kuchlari uchun buning oqibati albatta juda og’ir bo’ladi”,-dedi.

Turkiyaning zarbalari oqibatida 76 nafar rejim askari yo‘q qilinganini ma'lum qilgan Erdo’g’an: “Biz bu hujumga javob qaytardik, artilleriya va minomyotlarimiz orqali javob qaytarishda davom etamiz. Biz mamlakatimiz va Idlibdagi birodarlarimiz xavfsizligi uchun harbiy amaliyotlarni qat'iylik bilan davom ettiramiz”,-dedi.

Rossiyaning Suriyadagi faoliyatlariga ham to’xtalgan Erdo’g’an: “Rossiya bilan bu bosqichda tortishishga hojat yo’q. Rossiya bilan juda qat’iy strategik tashabbuslarga egamiz”,-dedi.

Aloqador xabarlar