Chavusho’g’lu, Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishdagi ustivor masalaga e’tibor qaratdi

Mevlut Chavusho’g’lu Shveytsariyaning Davos shahrida uyushtirilgan navbatdagi Global iqtisodiy forum doirasida “Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada muloqat qilish ehtiyoji” deb nomlangan yig’ilishda ishtirok etdi.

1345988
Chavusho’g’lu, Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishdagi ustivor masalaga e’tibor qaratdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishdagi ustivor masalaga e’tibor qaratar ekan bu borada eng avvalo Falastin masalasining hal qilinishining muhimligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’lu Shveytsariyaning Davos shahrida uyushtirilgan navbatdagi Global iqtisodiy forum doirasida “Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada muloqat qilish ehtiyoji” deb nomlangan yig’ilishda ishtirok etdi.  

Tashqi ishlar vaziri mazkur yig’ilishdagi nutqida, “Falastin masalasi Yaqin Sharqdagi muammolarning hal qilinishida muhim o’ringa egadir. Bugungi kunda 1967-yildagi chegara asosida poytaxti Sharqiy Quddus bo’lgan Falastin davlatiga bo’lgan ehtiyoj har doimgidan ham ko’proqdir” deya gapirdi.

Liviya va Suriyadagi taranglikning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning o’q uzishni to’xtatish undovi orqali kamayganiga e’tibor qaratgan Mevlut Chavusho’g’lu, Turkiyaning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash say-harakatlarini davom ettirishini ta’kidladi.

Shuningdek Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Davos sammitida ishtirok etgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen va NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvlar matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.

Chavusho’g’lu bilan Pedersen uchrashuvida Idlibdagi oxirgi vaziyat va muammoning siyosiy yo’llar orqali hal qilinishining davomi sifatida ayniqsa Suriya konstitutsion qo’mitasining faol ish olib borishi haqida fikr almashilganligi ma’lum bo’ldi.  

 



Aloqador xabarlar