Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etadi

Prezident Erdo'g'an NATOning tashkil topishining 70-yilligi munosabati bilan Londonda bo’lib o’tadigan NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Angliyaga jo’nab ketmoqda.

1316631
Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an NATOning tashkil topishining 70-yilligi munosabati bilan poytaxt Londonda bo'lib o'tadigan NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Angliyaga jo’nab ketmoqda.

Prezident Erdo'g’an Londonga jo’nab ketishdan oldin aeroportda bergan bayonotida, bugungi kundagi tahdidlar tufayli NATO tarkibining mutlaqo yangilanishi kerakligini ta’kidladi.  

“Rossiya bilan bo’lgan munosabatlarimiz, ittifoqdoshlarimiz bilan bo’lgan munosabatlarning alternativi emasdir” degan Erdo’g’an, Turkiyaning NATOning voz kechilmas sherigi ekanligini qayd etdi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra 3-5 dekabr kunlari bo’lib o’tadigan yig’ilishda Prezident Erdo'g’an bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak va Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar ham ishtirok etadi.  

Yig’ilishda NATO tarkibidagi davlatlarning tuproqlariga qarshi tug’ilgan terrorizm doxil barcha tahdid va sinovlar oldida birlik va birdamlik ichida faoliyat olib borilishi bilan Yevro-Atlantika ohangining ahamiyatining tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.  

Shuningdek, ittifoqning kundalik xavfsizlik muhiti oldidagi moslashishga qaratilgan faoliyatlarda qayd etilgan shaxdam qadamlarning ham qo’lga olinishi, mazkur yo’lda liderlar tomonidan tashkilotning 2020-yilga bo’lgan tayyorgarligi borasida ko'rsatmalar berilishi ko’zda tutilmoqda.

Yig’ilish ortidan “London deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning yig’ilish davomida ishtirokchi ba’zi davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazishi mumkin.

Erdo’g’an Londonga bo’lgan tashrif chog’ida shuningdek Angliya, Fransiya va Germaniya liderlari ishtirokida bo’lib o’tadigan sammitda ham ishtirok etadi.

Unda Suriya va Liviya bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy masalalar qo’lga olinadi.

Prezident Erdo'g’an tashrifining oxirgi kunida Cambridge jome’ masjidining ochilish marosimida qatnashadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar