Tramp Oq uyda Erdo'g'an bilan tushgan oilaviy fotosuratni Instagramda namoyish qildi

“Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an sharafiga Oq uyda bo’lgan mehmondorchilik juda yaxshi o’tdi",-deb yozadi Melania Tramp Instagramdagi sahifasida.

1306323
Tramp Oq uyda Erdo'g'an bilan tushgan oilaviy fotosuratni Instagramda namoyish qildi

 

 

Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Oq uyga tashrifi chog’ida tushirilgan oilaviy fotosuratni Instagramda namoyish qildi.

Ushbu fotosurat avval Donald Trampning turmush o’rtog’i Melania Tramp tomonidan Instagramdagi rasmiy sahifasida namoyish qilingandi.

Fotosuratda prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an, Donald Tramp va turmush o’rtog’i Melania Tramp aks etgan.

“Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an sharafiga Oq uyda bo’lgan mehmondorchilik juda yaxshi o’tdi. Hurmatli Emina Erdo’g’anga mezbonlik qilishdan va unga tarixiy zallarimizni tomosha qildirishdan mamnun bo’ldim”,-deb yozadi Melania Tramp Instagramdagi rasmiy sahifasida.

 



Aloqador xabarlar