Prezident Erdo’g'an AQSh poytaxti Vashingtonga jo'nashidan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) tashrifi chog’ida Fetullahchi terror tashkiloti (FETO’) masalasi muhokama qilinadigan eng muhim mavzulardan biri ekanligini aytdi.

1304871
Prezident Erdo’g'an AQSh poytaxti Vashingtonga jo'nashidan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) tashrifi chog’ida Fetullahchi terror tashkiloti (FETO’) masalasi muhokama qilinadigan eng muhim mavzulardan biri ekanligini aytdi.

Prezident Erdo’g'an Anqara  Esenbo’g’a aeroportidan AQSh poytaxti Vashingtonga jo'nashidan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

FETO to’da boshchisining  ekstraditsiyasi haqida Erdog'an shunday dedi:

FETO to’da boshchisi ekstraditsiyasi haqida Erdo’g’an,

"Pensilvaniyadagi terrorist  boshini mamlakatimizga qaytarish uchun biz shu paytgacha ko'plab choralarni ko'rdik va bundan keyin ham  ko’ramiz. Biz barcha to'ntaruvchilarni  sud oldida  javobgar bo'lmaguncha yo'l qo'ymaslikka qaror qildik." dedi.

Erdo’g'an,

" Munosabatimiz  go’yo  tumanli ob-havoga o’xshashiga  qaramay, biz AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muammolarni hal qilishga va munosabatlarimizni yaxshilash mavzusida bir xil fikrdamiz ",- dedi u.

Erdo‘g‘an,  bo’lginchi terror tashkiloti YPG / PKK a’zosi Ferhat Abdi Shahin terrorchi bo‘lganligini va amerikaliklar bunday bir  terrorchi bilan muzokara olib borishi noto‘g‘ri ekanligini hujjatlari bilan tushuntirishlarini aytgan Erdo’g’an,

"Terrorizmga qarshi kurash bizning ustuvor vazifamizdir. Biz har ikki davlat xavfsizligi masalalarida yangi davrni boshlamoqchimiz” dedi u.

Rossiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (Suriyadagi) terror tashkilotlarini tozalayolmaganini   ta'kidlagan Erdo’g'an,

"Biz bularni  Tramp bilan  qaytganimizda  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali  masalani  muhokama qilamiz" dedi.

 Turkiyaning Sharqiy o’rta yer dengizdagi  faoliyati bilan bog'liq Yevropa Ittifoqi (YI) pozitsiyasini tanqid qilib  Yevropa ittifoqiga  murojaat qilgan Erdo’g’an,

"Kipr masalasi bilan bog'liq Turkiyani qo'rqitishga  harakat qilmang. Biz  bularga ko'p e’tibor  bermasdan o’z yo'limizga  davom etamiz deb qayd etdi.

Prezident Erdo’g'an, Suriyaning shimolida terrorizmga qarshi kurashda qo'lga olingan DAESh  terror tashkiloti fuqarolarini olib kelishni istamagan Yevropa İttifoqi davlatlarining munosabatidan tashvish bildirdi.

" Bu qadar DEAShlikni qamoqxonasi ushlab to’xtagan, Suriya tomonini nazoratda tutgan Turkiyaga qarshi uslubingizni ko’zdan kechiring” deya qayd etdi.

Erdo’g'an DEAShni topshirish haqida

"Biz ularni yuborishda davom etamiz. Ular qabul qilishadi  yoki qilishmaydi bizni qiziqtirmaydi " dedi.

Prezident Erdo’g’an AQSh va Rossiya bilan Suriyadagi  xavfsiz zona mavzusida   yuritilgan  samimiy ishlari  bundan keyin  ham davom ettirishlarini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #PKK va PYD , #FETO , #Anjuman , #Safar , #AQSh , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar