Hulusi Akar:"Terroristlar Turkiya chegara hududlaridan hamon uzoqlashgani yo'q"

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar CNN International kanaliga intervyu berdi.

Hulusi Akar:"Terroristlar Turkiya chegara hududlaridan hamon uzoqlashgani yo'q"

 

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar terror tashkiloti PKK va Suriyadagi PYD terror tashkilotining Turkiya chegara hududidan hamon chekinmaganligini ma’lum qildi.

Hulusi Akar bu so’zlarni CNN International kanaliga bergan intervyusida tilga oldi.

Turkiyaning Suriya shimoli-sharqida YPG/PKK terror tashkilotiga qarshi olib borgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasiga doir savolga javob bergan Hulusi Akarning ta’kidlashicha, Turkiya Suriya va boshqa qo’shni davlatlarning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligiga hurmat ko’rsatadi.

“Biz ushbu harbiy operatsiyani amalga oshirar ekanmiz, hech qanday ishg’ol, ichki ishlariga aralashuv yoki boshqa biron yomon niyatimiz yo’q. Biz faqatgina chegaralarimizga xavf solayotgan terror tashkilotlariga qarshi kurashyabmiz”,-deb aytgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar.

“Rossiya va Amerika Qo’shma Shtatlari YPG/PKK terror tashkiloti jangarilarini xavfsiz hududdan uzoqlashtirishga va’da bergandi. Biroq, hamon YPG terroristlarining hujumlari davom etmoqda. Biz ham ularga qarshi keskin kurashyabmiz. Ayni vaqtda, Rossiya va AQSh bilan hamkorlik qilib, ulardan YPG/PKK terroristlarini xavfsiz hududdan chiqarishini talab qilyabmiz”,-deya qo’shimcha qiladi Hulusi Akar.

 


Tanlangan kalimalar: Suriya , CNN International , Hulusi Akar , Turkiya

Aloqador xabarlar