Erdo’g’an:"Abu Bakr al-Bag‘dodiyning turmush o’rtog’i ham qo'lga tushirildi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ankara Universiteti Teologiya fakultetining 70 yilligini nishonlash to’g’risidagi tadbirda ma’ruza qildi.

1301517
Erdo’g’an:"Abu Bakr al-Bag‘dodiyning turmush o’rtog’i ham qo'lga tushirildi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an DEASh terror tashkilotining yaqinda yo’q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning turmush o’rtog’i ham qo’lga olinganligini ma’lum qildi.

Ankara Universiteti Teologiya fakultetining 70 yilligini nishonlash to’g’risidagi tadbirda ma’ruza qilgan Erdo’g’an, AQSh harbiylari tomonidan Suriyada olib borilgan operatsiyada Abu Bakr al-Bag‘dodiy o’zini tunelda portlatib yuborganligini ma’lum qildi.

“Biz ham uning turmush o’rtog’ini qo’lga tushirdik, biroq shov-shuv qilganimiz yo’q. Buni mana birinchi bor shu yerda tilga olyabman. Huddi shu shaklda opasini va uning turmush o’rtog’ini ham Suriyada qo’lga tushirdik. Biz harbiy operatsiyamizni jadallik bilan davom ettiryabmiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, terrorist – o’zining buzuq ideologiyasi uchun begunoh insonlarning qonini to’kadigan kishi demakdir. Bu jihatdan bir musulmondan terrorist chiqmaydi.

“Uyalmasdan “islomiy terror” ifodasini ishlatgan g’arb davlatlari avvalo bir oynaga qarasin! Agar terrorist qidirayotgan bo’lsangiz ular sizning orangizda. Islomning nomidan foydalanib, terror faoliyatlarini yuritayotganlarning barchasini bir tekshiring, ortidan islom dushmanlari chiqadi. Fathulloh Gulen harakatining (FETO) haqiqatdan ham kim ekanligini ko’rmoqchi bo’lsangiz, yetakchilarining qayerda va kimlarning himoyasida ekanligini bir ko’rib qo’ying!”,-deya ta’kidlaydi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar