Gruziya bosh vaziri Giorgi Gakhariya bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Ma’lumotga ko’ra, ushbu ziyorat Gruziya bosh vaziri Giorgi Gakhariyaning Turkiyaga bosh vazir sifatida amalga oshiradigan ilk tashrifi hisoblanadi.

1297602
Gruziya bosh vaziri Giorgi Gakhariya bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

 

Gruziya bosh vaziri Giorgi Gakhariya Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan, bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu ziyorat Gruziya bosh vaziri Giorgi Gakhariyaning Turkiyaga bosh vazir sifatida amalga oshiradigan ilk tashrifi hisoblanadi.

Tashrif munosabati bilan Turkiya va Gruziya rasmiylari o’rtasida tor va keng doiradagi uchrashuvlar bo’lib o’tadi.

Uchrashuvlarda ikki davlat munosabatlari, hamkorlikni yanada rivojlantirish yo’lida tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #tashrif , #Giorgi Gakhariya , #Gruziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar