Bularni bilasizmi 44-qism

Mustafa Kemal Ataturkning “Respublika” degan fikrni Turkiya Respublikasi e’lon qilingan 1923-yilning 29-oktabridan ancha oldin yoqtirganligini bilarmidingiz?

1296814
Bularni bilasizmi 44-qism

Mustafa Kemal Ataturkning “Respublika” degan fikrni Turkiya Respublikasi e’lon qilingan 1923-yilning 29-oktabridan ancha oldin yoqtirganligini bilarmidingiz?

Erzurum kongressidan uch kun oldin 1919-yilning 20-iyuli kuni yonidagi do’sti Mazhar Mufit Bey, “Milliy ozodlik kurashdan muvaffaqiyatli natija olingudek bo’lsa unda hukumat shakli haqida qanday firklaringiz bor” deb so'raganida Mustafa Kemal, “Vaqti kelganida boshqaruv shakli Respublika shaklida olib boriladi” deb javob beradi lekin bu suhbatning faqatgina ikkalasi o’rtasida qolisihini xohlaydi. Mazhar Mufit Kansu mazkur suhbat haqida,” Erzurumdan o’limigacha Ataturk bilan birga” degan asarida qalamga olgan.

1923-yilning 29-oktabri kuni Majlisda konstitutsiyaning birinchi moddasi, “Hokimiyat hech qanday shartsiz xalqqa tegishlidir. Boshqaruv shakli xalq taqdirini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish asosiga tayanadi. Turkiya davlatining boshqaruv shakli Respublikadir” deb o’zgartirilganidan keyin Ataturkning to’rt yil oldingi orzulari ushalgan bo’ladi.


Tanlangan kalimalar: #Mustafa Kemal Ataturk , #Respublika

Aloqador xabarlar