Vladimir Putin va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sochida olti soat muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvning asosiy mavzusi Anqara harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Suriyada yuzaga kelgan vaziyat hamda Turkiya va AQSh o‘rtasida erishilgan 120 soatga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdir.

1292788
Vladimir Putin va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sochida olti soat muzokara o‘tkazdi

 

Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sochida olti soat muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Anqara harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Suriyada yuzaga kelgan vaziyat hamda Turkiya va AQSh o‘rtasida erishilgan 120 soatga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdir.

Uchrashuvdan so'ng, ikki yetakchi matbuot anjumani o'tkazdi.

Anjumanda so'zga chiqqan Erdo'g'an Turkiya-Suriya chegarasida 10 km maydonda Turkiya-Rossiya patrul xizmati boshlanishini ma'lum qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, terror makoniga aylangan Suriyada endilikda Turkiyaning sa'y-harakati bilan farovonlik o'rnatiladi.

"Turkiya 8 yarim yildan buyon 3 mln 650 ming Suriya fuqarosini boqib o'tiribdi. Endi ularni vataniga qaytarish vaqti yetib keldi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Putin bilan "Tinchlik bulog'i" harbiy operatsiyasi natijalarini muhokama qilganligini tilga olgan Erdo'g'an: "Turkiya-Suriya chegarasiga yaqin masofaga makon qurgan terroristlar 23 oktyabr tushki soat 12 :00gacha hududni tark etadi. so'ngra, hududda Turkiya-Rossiya patrul xizmati boshlanadi",-dedi.

Putin Turkiyaning chegara xavfsizligi bo'yicha xavotirlarini tushunib turganligini bildirdi. 

"Turkiyaning milliy xavfsizligini saqlash yo'lida tashlagan qadamlariga hurmat ko'rsatamiz",-deb aytgan Putin.

Matbuot anjumanidan so'ng 10 moddalik memorandum hujjati o'qib eshittirilgan.

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li tomonidan o'qilgan hujjatda Suriyaning Tel-Abyad va Rasul-Ayn hududini o'z ichiga olgan operatsiya natijasida vaziyat aynan davom etishi bildirildi.

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan 9 oktyabrda Suriya shimolida boshlangan "Tinchlik bulog'i" harbiy operatsiyasi AQSh bilan Turkiya o'rtasida tuzilgan kelishuv asosida payshanba kuni vaqtinchalik to'xtatilgandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar