Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sochiga yetib bordi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o’zaro uchrashuvi boshlandi.

1292692
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sochiga yetib bordi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiyaning Sochi shahriga yetib bordi.

Prezident Erdo’g’an xususiy “TUR” samolyotida soat 12:45da Sochi shahriga qo’ndi.

Erdo’g’an Sochi xalqaro aeroportida Krasnodar hokimi Veniamin Kondratyev, Sochi shahar hokimi Aleksey Kopaygorodskiy va davlat protokoli direktori Igor Bogdanov, Turkiyaning Rossiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Mehmet Samsar, Turkiyaning Novorossiykdagi konsuli Firat Bayar hamda elchixona va konsullik xodimlari tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdo’g’anga Sochi ziyoratida, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Ak partiya rahbari o’rinbosari Mahir Unal, Ak partiya kotibi Umar Chelik, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident Erdo’g’anni prezidentlik qarorgohida kutib oldi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o’zaro uchrashuvi boshlandi.



Aloqador xabarlar