Prezident Erdo'g’an, Turkiyaga qurol embargosi kiritganlarning o’tmishiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Tinchlik bulog’i amaliyoti tufayli Turkiyaga qurol embargosi kiritganlarning Ruandada terroristlarni qurol bilan ta’minlaganligini qayd etdi.

1290935
Prezident Erdo'g’an, Turkiyaga qurol embargosi kiritganlarning o’tmishiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Tinchlik bulog’i amaliyoti tufayli Turkiyaning qurol-yarog’ eksportiga embargo kiritganlarning Ruandada terroristlarni qurol bilan ta’minlaganligini ma’lum qildi.

Istanbulda o’tkazilgan navbatdagi Afrika davlatlari diniy liderlar sammitida nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an Turkiya-Afrika munosabatlarini cho’qqilarga olib chiqqanliklarini hatto buning 15 yil oldin tasavvur qilishning o’zi imkonsizligini belgilab o’tgan holda, bu vaqt mobaynida Afrikadagi 12 ta elchilik sonini bugungi kunga kelib 42 taga chiqarganliklarini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an yaqinda Afrika-Turkiya o’rtasidagi savdo hajmining 50 milliard AQSh dollariga chiqishiga ham ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

G’arb davlatlarining Afrikaning oyoqqa turishini, o'zining ulkan salohiyatini ro'yobga chiqarishini, butun qit’ada tinchlik hukm surishini xohlamaganligini tilga olgan Erdo’g’an,

“Bugungi kunga kelib bizga haq, huquq va erkinlik haqida saboq berganlarning o’tmishida qatliom yoki bosib olish kabi qora dog’lar bor. Ruanda qatliomida qaysi mustamlaka davlatning barmoq izi borligini mendan yaxshiroq bilasiz. Tinchlik bulog’i amaliyoti tufayli bizga qurol embargosi kiritganlar Ruandada terroristlarni qurol bilan ta’minlagan edi. Buni to’xtatishni o’ylab ham ko’rmadilar” degan ifodalarga o’rin berdi.   

G’arb davlati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ruandada roppa-rosa 3 oy davomida 800 000 insonning vahshiylarcha o’ldirilishini faqatgina tomosha qilganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, qit’adagi bir necha muammoning ortida g’arblik qurol va neft firmalari borligini ta’kidladi.  

“Ayniqsa qit’a davlatlarini nishonga olgan g’arb davlatlarining dimog’dor munosabatini aslo qabul qilganimiz yo’q, qilmaymiz ham” degan Prezident Erdo'g’an Turkiya va turk xalqi sifatida dunyoning hech qaysi davlatining tabiiy manbaasi, peshona teri, mehnati va qoni ustidan farovonlikni ta’minlash payiga tushmaganliklarini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Biz musulmonlar ummat ongini, birodarlik huquqini har doim kuzatib boramiz. Ufqimizni o’rtamizdagi sun'iy chegaralar shakllantira olmaydi” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar