Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Politika” gazetasiga intervyu berdi

Intervyuda Turkiya-Serbiya munosabatlariga to’xtalgan Erdo’g’an: “Mushtarak chegaralarimiz bo’lmasa ham Serbiyani o’zimizga qo’shni davlat deb bilamiz”,-dedi.

1283224
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Politika” gazetasiga intervyu berdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ikki kunlik amaliy tashrif munosabati bilan Serbiyaga jo’nab ketdi.

Erdo’g’an safari oldidan “Politika” gazetasiga intervyu berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya-Serbiya munosabatlari ikki mamlakat tarixidagi eng yuqori bosqichga ko’tarildi.

Intervyuda Turkiya-Serbiya munosabatlariga to’xtalgan Erdo’g’an: “Mushtarak chegaralarimiz bo’lmasa ham Serbiyani o’zimizga qo’shni davlat deb bilamiz”,-dedi.

Prezident Erdo’g’anning fikricha, Bolqonlarda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish juda katta ahamiyat kasb etadi. Serbiyada tinchlik-farovonlik hukm surgan taqdirda, bu butun mintaqaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Turkiya bilan Serbiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga to’xtalgan Erdo’g’an: “Mushtarak savdo hajmimiz 2018 yili rekord darajaga ko’tarilib 1.2 mlrd dollarga yetdi. Kelgusida ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini 5 mlrd dollarga chiqarishni maqsad qilyabmiz”,-dedi.

Prezident Erdo’g’an Kosova muammosiga e’tibor qaratar ekan, tomonlarni qoniqtiradigan keng qamrovli kelishuv tuzish kerakligini bildirdi.

“Tomonlarning mustaqil irodasiga tayangan doimiy va keng qamrovli kelishuv tuzilishini qo’llab quvvatlaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Politika” gazetasiga bergan intervyusida.

 



Aloqador xabarlar