Turk Havo Yo’llari Lotin Amerikadagi xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda

Turk Havo Yo’llarining Argentinadagi vakolatxonasi rahbari Yahyo Zohit Shenso’y ma’lum qilishicha, Argentina Turk Havo Yo’llari uchun eng muhim zonalardan biri hisoblanadi.

1282547
Turk Havo Yo’llari Lotin Amerikadagi xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda

 

 

24-Lotin Amerika xalqaro turizm yarmarkasi o’z ishini boshladi.

Argentina poytaxti Buenos Airesda tashkil qilingan Lotin Amerikadagi eng nufuzli turizm yarmarkasida Turk Havo Yo’llari aviakampaniyasi ham ishtiroh etmoqda. 

Turk Havo Yo’llarining Argentinadagi vakolatxonasi rahbari Yahyo Zohit Shenso’y ma’lum qilishicha, Argentina Turk Havo Yo’llari uchun eng muhim zonalardan biri hisoblanadi.

“Argentina xalqining Turkiyaga bo’lgan e’tiborini oshirish va Turkiyaga qanday sayohat qilishini ko’rsatish maqsadida ushbu nufuzli yarmarkada ishtirok etyabmiz. Fursatdan foydalanib, mahalliy xalqqa mamlakatimizdagi turistik go’zalliklarni tanitishga harakat qilyabmiz”,-deb aytgan Turk Havo Yo’llarining Argentinadagi vakolatxonasi rahbari.

Xalqaro turizm yarmarkasiga bu yil 52 davlatdan turizm sektorida faoliyat ko’rsatgan 1700ga yaqin vakil hamda 100 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yarmarkada turizm sektorida faoliyat ko’rsatgan sayohat agentliklari va aviakampaniyalar hamda 52 davlat vakillari o’z mamlakatlaridagi turistik faoliyatlarni anglatadi.



Aloqador xabarlar