Yashar Guler bilan Mark Milley xavfsiz hudud masalasida fikr almashdi

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler bilan AQShning yangi Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Mark Milley xavfsiz hudud masalasida fikr almashdi.

1282186
Yashar Guler bilan Mark Milley xavfsiz hudud masalasida fikr almashdi

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler Amerika Qo’shma Shtatlarining yangi Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Mark Milley bilan telefon orqali muloqat qilar ekan mazkur muloqat chog’ida, Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasida fikr almashdi.   

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan mavzu haqdia Twitter orqali berilgan bayonotga ko’ra general Guler, AQShning yangi Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Milley bilan bo’lgan muloqati chog’ida kasbdoshiga muvaffaqiyatlar ham tilagan.   

Muloqatda Suriyaning Firot daryosi sharqida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasida fikr almashgan.

 



Aloqador xabarlar