Nyu-Yorkda Mavlud Chavushog’li va Kudret O’zersay o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Mavlud Chavushog’li va Kudret O’zersay Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etadi.

1274366
Nyu-Yorkda Mavlud Chavushog’li va Kudret O’zersay o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Kudret O’zersay AQShning Nyu-York shahrida uchrashuv o’tkazdi.

Mavlud Chavushog’li va Kudret O’zersay Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etadi.

Ikki yetakchi Nyu-Yorkdagi Peninsula mehmonxonasida uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat munosabatlari muhokama qilindi, shuningdek Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini abadiy qo’llab-quvvatlashi tilga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar