RKK hujumlariga qarshi turk jamoat arboblarining ochiq murojaati

​​​​​​​«Bas yetar!»-Yashash haqqi, har qanday ijtimoiy, siyosiy va mehnat hayotini nishonga olgan PKK terror tashkilotining hujumlariga e’tiroz bildiramiz.

1269525
RKK hujumlariga qarshi turk jamoat arboblarining ochiq murojaati

PKK terror tashkiloti samarali kurash natijasida butunlay yo’q qilinay deb qolganida tinch aholiga qarshi hujumlarini orttira boshladi. Ular mintaqada davlat xodimlariga, o’qituvchilarga, xavfsizlik xodimlariga, harbiy bo’lmagan siyosatchilar va ishchilarga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.

Insonlarimizning umriga zomin bo’lishni nishonga olgan RKK shu bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda fuqarolarning mehnat qilish huquqiga ham ko’z olaytirmoqda. PKK terror tashkiloti davlat xodimlarini, oshpazning shogirdini, qurilish maydonchasiga bosqin uyushtirib ishchilarni qatl qildi. Asossiz, yolg’ondan tez yordam chaqirib, tibbiy xodimlarni olib qochdi. Bankomat oldida pul yechib olish uchun navbatda turgan ofitserni, temir yo’lini ta’mirlagan ishchini, hayvonlarini o’tlatib yurga cho’pon va elektr idorasi ishchilarini shahid qildi. Qo’li qonga bulangan terror tashkiloti xizmat avtobusi orqali ishga ketayotgan ishchilarni, imom-xatiblarni, uyqudagi politsiya xodimlarimizni shahid qildi.  

PKK  terror tashkiloti:

Batmanda o’qituvchi Shenay Aybuke Yalchinni,

Adolat va taraqqiyot partiyasiga a’zo siyosatchilardan Orhan Merjan va Aydin Ahiyni,

Hakkari viloyatining Yuksekova tumaniga qarashli Chobanpinar qishlog’ida ishchi mashinalarini tashigan 4 nafar ishchini,

Shanliurfa viloyatining Siverek tumanida o’qituvchi bo’lib ishlagan Nejmettin Yilmazni,

Shirnakning Aslanbashar qishlog’ida hayvonlarini o’tlatib yurgan Tayip Fidanni,

Trabzonda 15 yoshidagi Eren Bulbul va ofitser Ferhat Gedikni,

Qurilish maydonida ishlagan ko’plab ishchini qatl qildi.

PKK terror tashkiloti ishchilarni nishonga olishni Diyarbakirda davom etdi. Diyarbakirning Kulp tumanida o’rmon ishchisi bo’lgan yurttoshlarimizning transportiga PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan qo’lda yasalgan bomba orqali uyushtirilgan hujumda 7 kishi shahid bo’ldi. Shahid bo’lganlardan tashqari 10 kishi og’ir tan jarohati oldi. Kulp tumaniga qarashli Ag’achkorur qishlog’ida o’z tirikchiligi uchun mehnat qilayotgan o’rmon ishchilaridan 7 nafari PKK terror tashkiloti tomonidan qatl qilindi.

Mehnat qilish haqqi, eng asosiy inson huquqlaridan biri sifatida barcha insonlarning tug’ilganidan boshlab insonlik sharafining ajralmas bir bo’lagi sifatida qabul qilinmoqda. Inson sharafi esa uning haq va huquqini oliy darajada, munosib o’rinda tutadi. Shunday ekan har bir inson ana shunga yarasha umr surish uchun ishlay olish huquqiga ega. Qonunlarimiz ham, xalqaro shartnomalar ham mehnat qilishning eng asosiy haq va huquq ekanligini qo’llab-quvvatlamoqda. PKK terror tashkiloti davlat yoki xususiy tarmoqda ishlaganlarni tahdid qilib, olib qochib, qat qilib ularning ishlash huquqini qo’lidan tortib olmoqda.

Quyida imzo chekkanlar sifatida;

Terror tashkilotining qatliomga qo’l urish maqsadlaridan yana biri ham Xalqlarning Demokratik Partiyasi (HDP) ning Diyarbakir viloyatidagi binosi oldida o’z farzandlarini terror tashkilotining qo’lidan qutqarishni xohlagan onalarni qorqitishdan iborat ekanligi ma’lum bo’ldi.

Umr surish va mehnat qilish haqqi bosh bo’lish bilan birga inson haqlaridan foydalanishga to’siqlik qilgan terrorning tezlik bilan to’xtatilishini xohlaymiz. O’qituvchilarga, harbiy bo’lmagan siyosatchilarga, tinch aholiga, to’g’on va yo’l qurgan, ta’lim-tarbiya va tibbiy tarmoqda xizmat qilganlarni emas, xalqimizni ham nishonga olmoqda. PKK terror tashkilotining ishchilarga va tinch aholiga bo’lgan qatliomlarini biz ovozdan lanatlaymiz.

Xalqaro kasaba uyushmalari tashkilotlari, Yevropa ittifoqi muassasalari, yurtimizda har qanday mavzuda o’z fikrini bayon etgan elchiliklar va inson huquqlari tashkilotlarining mazkur qatliomlarni ko’rmaslikka olishliklarini keskin qoralaymiz.

Demokratiya va inson huquqlarini himoya qilganliklarini iddio etgan kasaba uyushmalarining, advokatlar kollegiyasining, professional tashkilotlarning, siyosiy partiyalarning, akademiklarning, jurnalistlarning, san’atkorlarning, aktyor va aktrisalarning, inson huquqi tashkilotlarining ham faqatgina PKK qatliomlariga qarshi fikr bildirib, obyektiv munosabatlarda bo’lishini kutib qolamiz.

Turkiyada birgalikda, tinchlik va farovonlik ichida umr surishni xohlagan hammani PKK qatliomlariga qarshilik ko’rsatishga taklif qilamiz.

Ali Yalchin                                            Kasaba uyushma raisi Memur-Sen\Eğitim Bir-Sen

Mahmut Arslan                                     Kasaba uyushma raisi Hak-İş

Bayram Bozal                                       Kasaba uyushma raisi Türk Harb-İş

Settar Aslan                                          Kasaba uyushma raisi Öz Orman-İş

Semih Durmush                                    Kasaba uyushma raisi Sağlık-Sen

Mehmet Bayraktutar                             Kasaba uyushma raisi Diyanet-Sen

Metin Yilanji                                          Kasaba uyushma raisi Büro Memur-Sen

Levent Uslu                                           Kasaba uyushma raisi Bem-Bir-Sen

Huseyin O’zturk                                     Kasaba uyushma raisi Toç-Bir-Sen

O’mer Budak                                         Kasaba uyushma raisi Birlik Haber-Sen

Haji Bayram Tonbul                               Kasaba uyushma raisi Enerji-Bir-Sen

Soner Jan Tufano’g’lu                           Kasaba uyushma raisi Bayındır Memur-Sen

Kenan Sherefli                                       Kasaba uyushma raisi Ulaştırma Memur-Sen

Mejit Erdo’g’an                                       Kasaba uyushma raisi Kültür Memur-Sen

Professor Shafak Ertan Cho’makli         Anadolu nomidagi universitet rektori

Professor Hasan Yujel Bashdemir         Anqara nomidagi universitet o’qituvchisi

Dotsent doktor Muhammet Enes Kala   Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Professor doktor Musa Kazim Arijan      Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Professor doktor Atilla Yayla                  Istanbuldagi Medipol universiteti

Tarkan Zengin                                       Mehnat shart-sharoitlari bo’yicha ekspert

Fadime O’zkan                                      “Star” gazetasida jurnalist

Doktor Ismail Chag’lar                           Istanbuldagi Madaniyat universiteti

Doktor Adnan Kuchuk                            Kirkkale universitetida o’qituvchi

Doktor Nergis Dama                               Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Doktor Yakup O’mero’g’lu                      Yevroosiyo yozuvchilar uyushmasi

Professor doktor Mehmet Shahin          Siyasatshunos

Dotsent doktor Rahman Ademi             Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Dotsent doktor Iraz Haspo’lat Kaya       Anqara nomidagi universitet o’qituvchisi

Advokat Ahmet Akcan                           Turkiya Huquq platformasi Bosh kotibi

Mustafa Karto’g’lu                                 “Akşam” gazetasi bosh muharriri

Hasan O’zturk                                       “Ülke TV” telekanali bosh direktori

Professor doktor Mehmet O’z                Hajettepe nomidagi universitet o’qituvchisi

Mehmet Chetin                                      Yozuvchi

Doktor  Nejmettin Turinay                      Yozuvchi

Merve Shebnem Oruch                         Jurnalist

Ihsan Aktash                                         Yozuvchi

Selim Jerrah                                          Yozuvchi

Professor doktor H. Aliyar Demirji          Pamukkale universiteti

Professor doktor Mehmet Evkuran        O’qituvchi

Doktor Murat Yilmaz                              Siyasatshunos

Advokat Nuri Karaman                           Huquqiy tadqiqotlar uyushmasining

                                                               Giresundagi filiali rahbari

Ihsan Ayal                                              Madaniyat universiteti

Doktor Mehmet Sari                               Advokat/ Istanbul

Halime Ko’kje                                         “Star” gazetasida jurnalist

Hale Kaplan O’z                                     “Star” gazetasida jurnalist

Mehmet Ajet                                          Kanal 7 ning Anqaradagi vakili

Ersin Chelik                                           “Yeni Şafak” gazetasida jurnalist

Doktor Jan Jeylan                                  Istanbuldagi Medipol universiteti

Professor doktor Firat Purtash              Hajibayram Veli nomidagi universitet o’qituvchisi

Akin O’zcher                                          Yozuvchi

Doktor Jem Korkut                                 Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Kichik ilmiy xodim Mehmet Tug’rul          Yildirim Boyazid nomidagi universitet

Doktor Nuri Salik                                    Yildirim Boyazid nomidagi universitet o’qituvchisi

Mehmet Kurto’g’lu                                  Shoir-Yozuvchi

S. Burhanettin Kapusuzo’g’lu                 Yozuvchi

 

 



Aloqador xabarlar