Terrorizmga qarshi kurash doirasida Mardinda amaliyot uyushtirildi

Terrorizmga qarshi kurash doirasida Turkiyaning Mardin viloyatida uyushtirilgan amaliyotda 1 nafar politsiya xodimi shahid bo'ldi.

1265274
Terrorizmga qarshi kurash doirasida Mardinda amaliyot uyushtirildi

Turkiyaning Mardin viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotda 1 nafar politsiya xodimi shahid bo’lar ekan xavfsizlik himoyachilaridan biri tan jarohati oldi.

Mardinning O’merli tumaniga qarashli O’meryan qishlog’ida terror tashkiloti a’zolariga qarshi amaliyot uyushtirildi.

Amaliyot chog’ida terror tashkiloti a’zolari tomonidan qo’l urilgan hujumda Mardindagi Milliy Politsiya idorasining Maxsus topshiriqli bo’limi yetakchisi Tufan Kansuva bilan xavfsizlik himoyachilaridan biri tan jarohati oldi.  

Mardindagi viloyat kasalxonasiga yotqizilgan Kansuva, barcha urinishlarga qaramay qutqarib qolinolmadi va shahid bo’ldi.

Mintaqada amaliyot davom etmoqda.



Aloqador xabarlar