Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrej Babis Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat tashrifi bilan Ankarada bo’lgan Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrej Babis bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlarni amalga oshirdi.

1263466
Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrej Babis Turkiyaga tashrif buyurdi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha davlat tashrifi bilan Ankarada bo’lgan Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrej Babis bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Prezident Erdo’g’an va Chexiya bosh vaziri Andrej Babis o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ikki davlat munosabatlari va mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvlardan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Erdo’g’an Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha kerakli yordam berilmaganligini ma’lum qildi.

“Xavfsiz hudud tashkil qilishni taklif qilganlarning o’zi amalda ijro etishga kelganda ko’zdan g’oyib bo’lyabdilar. Hozirda xavfsiz hududning faqat nomi qoldi xalos”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kilashicha, Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil qilish xususida berilgan va’dalar bajarilmadi, biroq Turkiya o’ziga qarshi bo’ladigan tahdidlarga nisbatan kerakli choralarni ko’rmoqda.

Suriyaning Idlib viloyatida insoniyat fojiasi yuz berayotganligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an: “Bularga jim qarab turish mumkin emas. Rossiya bilan maslahatlashdik. Kelgusida Rossiya-Turkiya-Eron o’rtasida uch tomonlama uchrashuv o’tkaziladi. Maqsadimiz Jeneve muzokaralaridan avval ba’zi tashabbuslarni amalga oshirishdir”,-dedi.

Bundan tashqari, anjumanda migratsiya masalasiga ham alohida to’xtalib o’tildi.

Yevropa Ittifoqi bu mavzuda Turkiyaga bergan va’dasini bajarmaganligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Biz bugungacha taxminan 40 mlrd dollar mablag’ sarfladik. Lekin, Yevropa Ittifoqi afsuski, 3 mlrd evroni ham bera olmadi. Bizni bugungacha chalg’itib kelmoqdalar. Bunga qaramay, biz 4 mln suriyalikka qo’limizdan kelgancha yordam berib kelyabmiz. Bundan keyin ham yordamimizni ayamaymiz”,-dedi.

Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrej Babis anjumanda so’zga chiqib, prezident Erdo’g’anning Suriyada xavfsiz hudud tashkil qilishga doir taklifini ijobiy baholadi.

“Aslida Turkiya bizga pul jo’nating deyayotgani yo’q. Xavfsiz hudud tashkil qilinsin, maktablar, uylar qurilsin. Investitsiya kiritilsin demoqda”,-dedi Chexiya bosh vaziri.

Turkiya Chexiyaning eng muhim strategik hamkori va NATO tarkibidagi ittifoqdoshi ekanligini ta’kidlagan Andrej Babis Turkiya-Chexiya o’rtasida o’zaro savdo hajmini yanada oshirish mumkinligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar