Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an turk millatini 30- avgust g'alaba bayrami bilan tabrikladi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,  turk millati o’tmishda bo’lganidek bugun ham istiqlol va kelajagi   uchun jonidan aziz bilgan  o’z vatani uchun ayni fidokorlik va jasoratni ko’rsatishga tayyor ekanini qayd etdi.

1261030

Prezident Erdo’g’an 30-avgust g’alaba  bayrami munosabati bilan yo’llagan tabriknomasida, 30-avgust g’alaba  bayramining  97 yilligini nishonlash, turk millatining shonli tarixi bo’lgan  Buyuk G’alabaning 97-yilligi munosabati bilan bu g’alabani millatiga  armug’on  qilgan bosh qo’mondoni G'ozi Mustafo Kamol Otaturkni, Buyuk Milliy Majlis a'zolarini va qahramon turk qo'shinining barcha askarlarini sharaf va minnatdorchilik bilan yoda etdi.

Erdog'an Turkiyada, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR) va  dunyoning  har yerida yashayotgan turk fuqarolarini 30- avgust g'alaba bayrami bilan tabrikladi.

Erdog’an,

“ 30- avgustda qozonilgan g’alaba  bilan millatimiz, o’ziga  ravo ko’rilgan asorat ko’ylagini yirtib tashlab,  natijasi  nima bo’lsa bo’lsin evaz bermay butun dunyoga e’lon qilgandir. So’ngi davlatimiz Turkiya respublikasining xush xabarchisi bo’lgan buyuk g’alaba, tarixan olib tashlanmoqchi bo’lgan Turk millati yangidan  jonlanishning  nomidir” dedi.

Bugungi kunda, Suriyaning shimolida  Iroqda   sharqiy o’rta yer dengizda Turkiyaga qarshi tuzilgan barcha tuzoqlarni buzishga qarorli ekanini  ta’kidlab   turk  millati  va Kipr Turklarining  haqlarini  tortib olishiga hech qachon ruxsat bermaymiz deb qayd etdi.

Aloqador xabarlar