Chavusho’g’li Livan Bosh vaziri Saad al-Haririy va Ichki Ishlar vaziri Raya al-Hasan bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan kecha Livanda bo’lar ekan shu doirada Livanda Bosh vazir Saad al-Haririy va Ichki Ishlar vaziri Raya al-Hasan bilan uchrashuv o’tkazdi.

1257801
Chavusho’g’li Livan Bosh vaziri Saad al-Haririy va Ichki Ishlar vaziri Raya al-Hasan bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan kecha Livanda bo’lar ekan shu doirada Livanda Bosh vazir Saad al-Haririy va Ichki Ishlar vaziri Raya al-Hasan bilan uchrashuv o’tkazdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Bosh vazir Haririy bilan poytaxt Bayrutdagi hukumat saroyida uchrashdi.  

Mazkur uchrashuv ortidan Haririyning Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Mevlut Chavusho’g’li, Turkiyaning Livan armiyasi bosh bo’lish bilan birga Livanni qo’llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Livanga investitsiya kiritish masalasida turk firmalari tomonidan ko’rsatilgan qiziqishga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, turk firmalarining ayniqsa Livandagi infratuzilmalar islohotini yo’lga qo’yish maqsadida o’tgan yili Fransiya poytaxti Parijda uyushtirilgan “CEDRE” konferentsiyasi doirasidagi loyihalarga hissa qo’sha olishini qayd etdi.  

Uchrashuvda shuningdek, ikkala mamlakat o’rtasidagi erkin tijorat hududi shartnomasini kuchga kiritish masalasida kelishib olindi.

Bosh vazir Haririy ham, yurtining janubidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining vaqtinchalik kuchlari tarkibidagi turk kuchlariga maqtov yog’dirdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Prezident Mishel Avn bilan boshlatgan, majlis raisi Nabih Barri va Tashqi ishlar vaziri Jibran Basil bilan davom ettirgan Livanga bo’lgan tashrifini Ichki Ishlar vaziri Raya al-Hasan bilan tamomladi.  

Bayrutdagi Ichki Ishlar vazirligida matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiyaning Bayrutdagi elchisi Hakan Chaqil, Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Aksoy va boshqa diplomatlar ishtirok etdi.

Mevlut Chavusho’g’li undan tashqari Livanga bo’lgan amaliy tashrifi doirasida poytaxt Bayrutdagi, “Yunus Emre” nomidagi institut markazida Bayrutdagi Turk fuqarolari, turkmanlar va Turkiyada ta’lim olgan livanliklar bilan ham uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan mazkur uchrashuv ortidan Twitterda post qoldirar ekan unda,

“Livandagi fuqarolarimiz va qondoshlarimiz bilan uchrashuv o’tkazishdan xursand bo’ldim. Livan bilan tarixiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarimizni rivojlantirishni xohlaymiz. Bu borada eng muhim dastyorimiz fuqaro va qondoshlarimizdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavusho'g'li , #Livan

Aloqador xabarlar