Turkiya BMTni Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha faol ro’l o’ynashga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashining Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlari mintaqada vaziyatni sokinlashtirish va diplomatik faoliyatlarni jadallashtirish jihatidan quvonarli holat ekanligi qayd etildi.

1254188
Turkiya BMTni Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha faol ro’l o’ynashga chaqirdi

 

Turkiya BMTni Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha yana ham faol ro’l o’ynashga chaqirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida muammoni muloqot yo’li bilan hal qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

BMT Xavfsizlik kengashining Jammu va Kashmir shtati atrofidagi vaziyat bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlari mintaqada vaziyatni sokinlashtirish va diplomatik faoliyatlarni jadallashtirish jihatidan quvonarli holat ekanligi qayd etildi.

“BMTning bundan avval olgan qarorlari doirasida muammoni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilishda yana-da faol ro’l o’ynashi kerakligiga ishonamiz. Muammoni bundan keyin ham tomonlar o’rtasida xalqaro huquq asosida va muloqot yo’li bilan hal qilinishidan umidvormiz. Tomonlarni keskinlikni avj oldiruvchi bir tomonlama xatti-harakatlardan uzoq turishga chaqiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Pokiston 5 avgustda Hindiston tomonidan Jammu va Kashmir shtati maqomining pasaytirilganiga keskin munosabat bildirgan edi. Shundan keyin tomonlar chegaraga qo‘shinlar torta boshlagani xabar qilingan. 

Kashmir hududi 1947 yildan beri Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat chegarasi mavjud bo‘lmay, uning hududi nazorat chizig‘i bilan ajratilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jammu va Kashmir shtati , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar