Turkiya bugun Marmara dengizidagi tabiiy ofat qurbonlarini yodga olmoqda

Turkiyaning Marmara hududida tarixning eng yirik yer silkinishlaridan biri yuz berdi. 7.4 magnitudali yer silkinishi atigi 45 soniya davom etdi. Unda 18 ming 373 kishi jon berar ekan 48 ming 901 kishi tan jarohati oldi. Yuz minglab kishi uy-joysiz qoldi.

1253953
Turkiya bugun Marmara dengizidagi tabiiy ofat qurbonlarini yodga olmoqda

Bugun Turkiyaning Marmara dengizi hududida 1999-yilning 17-avgusti kuni yuz bergan yer silkinishi oqibatida jon berganlar, yer silkinishining epitsentri Ko’jaeli viloyatining Go’ljuk tumanida mahalliy vaqt bilan soat 03:02 da hurmat bilan yodga olindi.

Kavakli sohilidagi voqeaga atab o’rnatilgan yodgorlik oldida uyushtirilgan marosimda, falokat yuz bergan soatda yani mahalliy vaqt bilan 03:02 da yodgorlikga gulchambar qo’yildi. Ortidan 1 daqiqa sukut saqlanib, yer silkinishida jon berganlar uchun duo qilindi.

Tuman hokimi Ali Yildirim Sezer, unda so’zlagan nutqida, bundan 20 yil muqaddam huddi shu soatda yer silkinishi falokati yuz berganligini belgilab o’tgan holda, qurbonlar hotirasini qadrlab tashrif buyurganliklari uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Ali Yildirim Sezerning qayd etishicha voqea ortidan shahar qaytadan tiklangan.

Sezer bu haqida,

“Shahar qayta tiklandi. Ha, albatta ana shu tunda jon berganlarni qaytib tiriltira olmaymiz lek ular xotirasi bir umr qalbimizda yashaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Marmara dengizi hududida 1999-yilning 17-avgusti kuni yuz bergan yer silkinishi oqibatida jon berganlarni yodga olish marosimi Marmara dengizi hududida Ko’jaeli viloyatining Go’ljuk tumanidan tashqari Istanbul, Yalova va Sakarya viloyatlarida ham uyushtirildi. Yalovadagi marosimda mamlakatning ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu ham ishtirok etdi.

Aytib o'tish joizki,

Turkiyaning Marmara hududidagi 7.4 magnitudali yer silkinishi atigi 45 soniya davom etdgan. Unda 18 ming 373 kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 48 ming 901 kishi tan jarohati olgan. Yuz minglab kishi uy-joysiz qolgan. Buzilgan uy-joy va ishxona soni 245 mingdan ortgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar