Chavusho’g’li, Sudanning o'tish davri harbiy kengashi rahbari Abdul Fattoh al-Burhon bilan uchrashdi

TIV Chavusho’g’li Sudanda harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruv koalitsiyasi o’rtasida Fuqarolik boshqaruvga o’tish davri ishlarini yo’lga qo’yishni ko’zda tutgan konstitutsiyaviy deklaratsiyaga qo’l qo’yish marosimida ishtirok etadi.

1253928
Chavusho’g’li, Sudanning o'tish davri harbiy kengashi rahbari Abdul Fattoh al-Burhon bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Fuqarolik boshqaruvga o’tish davri ishlarini yo’lga qo’yishni ko’zda tutgan konstitutsiyaviy deklaratsiyaga qo’l qo’yish marosimida ishtirok etish uchun Sudan poytaxti Xartumda mamlakatning o’tish davri harbiy kengashi rahbari general Abdul Fattoh al-Burhon bilan uchrashdi.  

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li general Abdul Fattoh al-Burhon bilan Prezidentlik saroyida matbuotga yopiq ravishda uchrashuv o’tkazdi.

Mazkur uchrashuv ortidan Mevlut Chavusho’g’li Twitter orqali post qoldirar ekan,

“Sudan o’tish davri harbiy kengashi rahbari general Abdul Fattoh al-Burhon bilan bo’lgan uchrashuvimizda Sudandagi tomonlarning hammasini Fuqarolik boshqaruvga o’tish davridagi uquvliligi tufayli tabrikladik. Sudanning barqarorligi va xavfsizligi uchun Sudan hukumati va sudanlik qardoshlarimizni qo’llab-quvvatlashni davom ettiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li shuningdek Sudan Tashqi ishlar vaziri vakili O’mar Deheb Fadl Muhammad bilan ham uchrashdi. Siyosiy kelishuv tufayli Muhammadni tabriklagan Chavusho’g’li, yangi tashkil etiladigan hukumat bilan hamkorlik loyihalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini, do’st va qardosh Sudan bilan bo’lgan birdamlikning har doim davom etisihini ta’kidladi.   

Chavusho’g’li ortidan turk ishbilarmonlari va nodavlat notijorat tashkilot vakillari bilan elchilikda uyushtirilgan kechki ovqatda uchrashdi.    

Mevlut Chavusho’g’li Sudanga bo’lgan tashrifining yakunida harbiy boshqaruv bilan fuqarolik boshqaruv koalitsiyasi o’rtasida Fuqarolik boshqaruvga o’tish davri ishlarini yo’lga qo’yishni ko’zda tutgan konstitutsiyaviy deklaratsiyaga qo’l qo’yish marosimida ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar