Turkiyaning Arbil konsullik xodimi  O’sman Ko’sening qotili operatsiya natijasida yo’q qilindi.

Turkiyaning Arbil konsullik xodimi  O’sman Ko’sening shahid bo’lishiga sabab bo’lgani aniqlangan bo'lginchi terror tashkiloti PKKning so’zda  yuqori martabali boshqaruvchisi, Milliy xavfsizlik tashkiloti MIT va Turk qurolli kuchlarining  qo'shma operatsiy

1243204
Turkiyaning Arbil konsullik xodimi  O’sman Ko’sening qotili operatsiya natijasida yo’q qilindi.

Turkiyaning Arbil konsullik xodimi  O’sman Ko’sening shahid bo’lishiga sabab bo’lgani aniqlangan bo'lginchi terror tashkiloti PKKning so’zda  yuqori martabali boshqaruvchisi, Milliy xavfsizlik tashkiloti MIT va Turk qurolli kuchlarining  qo'shma operatsiya natijasida yo’q qilindi.

Arbil xurujining qo'zg'atuvchisi Dog'an Nurhak ismli terroristga qarshi operatsiya 24 iyul kuni PKKning bosh qarorgohi joylashgan Qandil mintaqasiga uyushtirildi.

MIT va TQKning mushtarak operatsiyasi natijasida u yo’q qilindi.

17- iyul kuni Arbilning  eng serqatnov hududlaridan biri bo’lgan aeroport shoh ko’chasida joylashgan  bir restoranga kirib kelgan noharbiy kiyingan 2 nafar terrorist nonushta stolda o'tirgan Turkiyaning Arbil Bosh konsulligida vazifador  bo’lgan diplomat O’sman Ko’seni  otib o’ldirgandan keyin qochib ketishgan edi. Hujumda Ko’se bilan bir qatorda 2 nafar Iroq fuqarosi ham halok bo’lgan edi.

 Boshqa tomondan, terrorchi terror  tashkilotga 1990 yilda qo'shilgan, u 1994-1998 yillar oralig'ida qamoqda qolgan , qamoqdan chiqqanidan so'ng tashkilotning tog'  guruhiga qo'shilgan.

Terrorchining yo’q qilinishi,  Qandil mintaqasidagi so’zda yuqori martabali  ikkinchi kishiga qarshi  operatsiya   uyushtirildi.

Birinchi operatsiya 27- iyun kuni amalga oshirildi va PKKning  so’zda  prezidentlik  kengashi a'zosi Halmat Diyar nomli terrorist yo’q qilingan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar