Yevropa Ittifoqi 2017 yili 29807 nafar turkka fuqarolik berdi

Mazkur davlatlar orasida Germaniya 50.2 foiz bilan birinchi o’rinda turadi.

1241214
Yevropa Ittifoqi 2017 yili 29807 nafar turkka fuqarolik berdi

 

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar 2017 yili 29 ming 807 nafar turkka fuqarolik berdi.

Mazkur davlatlar orasida Germaniya 50.2 foiz bilan birinchi o’rinda turadi.

Bu haqda Yevropa statistika idorasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari 2017 yili 825 ming 447 kishiga fuqarolik berdi. Bulardan eng ko’p fuqarolik bergan davlat 18 foiz bilan Italiya bo’ldi. Angliya 15 foiz, Germaniya va Fransiya 14 foiz, Shvetsiya va Ispaniyaning fuqarolik berish nisbati esa 8 foizni tashkil qildi.

Shu bilan birga, 2017 yili 29 ming 807 nafar turk Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning fuqaroligiga o’tdi. Fuqarolik olgan turklarning 50.2 foizi Germaniya, 17.9 foizi Fransiya, 10 foizi Gollandiya, 5.3 foizi Angliya, 16.6 foizi esa Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlar fuqaroligiga qabul qilindi.



Aloqador xabarlar