Turkiyada PKKga qarshi kurash doirasida 5 terrorist yo’q qilindi

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1234064
Turkiyada PKKga qarshi kurash doirasida 5 terrorist yo’q qilindi

Turkiyaning Tunjeli viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida 5 terrorist yo’q qilindi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan Tunjelining Ovajik tumaniga qarashli qishloqlardan birida kecha havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyot amalga oshirilgan.

Amaliyot natijasida 5 terrorist yo’q qilingan.

Shu bilan birga mavzu haqida Tunjeli xokimiyati tomonidan ham bayonot berilar ekan unga ko’ra ham Ovajik tumanida terakt uyushtirish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi ma’lum bo’lgan terroristlarga qarshi viloyat jandarmeriya qo’mondonligi va harbiy-havo kuchlarining qo’llab-quvvatlashi bilan yo'lga qo'yilgan amaliyotda 5 terrorist yo’q qilingan.

Tunjeli xokimiyati bu haqida,

“Mintaqada amaliyot davom etmoqda. Oxirgi vaziyat haqida xalqqa ma’lumot beriladi. Viloyatimizda terroristlarning topilishi va ularning yo’q qilinishi uchun kerakli faoliyatlar qarorlilik bilan davom ettiriladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar