Turkiya, Sharqiy O'rta yer dengizidagi ShKTR haqqini himoya qilishni davom ettiradi

Turkiya Sharqiy O’rta yer dengizidagi o’ziga oid kontinental shelf huquqini himoya qilganidek, Kiprdagi turklarning ham haq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettiradi.

1233408
Turkiya, Sharqiy O'rta yer dengizidagi ShKTR haqqini himoya qilishni davom ettiradi

Turkiya, Sharqiy O'rta yer dengizidagi burg'ulash kemasi faoliyatlari haqida ma'lumot berdi.

Mazkur ma'lumotga ko'ra O'rta Yer dengizidagi "Yavuz" deb nomlangan burg'ulash kemasining faoliyatlari qonunlar asosida davom etmoqda. 

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bu haqida,

“Kiprning grek tomoni Kiprning turk tomonini uglevodorod resurslari masalasida daromad bo’lishish doxil qaror qabul qilish mexanizmlariga qo’shib, huquqlarini kafolat ostiga olmagunicha Turkiya Sharqiy O’rta yer dengizidagi o’ziga oid kontinental shelf huquqini himoya qilganidek, Kiprdagi turklarning ham haq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettiradi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek, “Yavuz” deb nomlangan burg’ulash kemasi faoliyatlarining qonunlar asosiga tayanganligini ko’rsatgan va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rasmiylari tomonidan berilgan bayonotlarning ham butunlay qo’llab-quvvatlanganligi ma’lum qilindi.

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendiasning Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizida xalqaro huquq asosida olib borgan faoliyatlari haqidagi ifodalarining ham inobatga olinmaganligi ta’kidlangan bayonotda,

“Yevropaning erkatoy bolasi degan unvon aslida Gretsiyaga oiddir. Yevropaning o’zboshimcha bolasi esa, xalqaro huquqga amal qilmagan Yevropa ittifoqi tarkibidagi Gretsiya bilan birga, necha yillardan beri Sharqiy O’rta yer dengizini barqarorsizlikka yetalagan Kiprning janubidagi grek boshqaruvidir. Mazkur boshqaruvning xalqaro huquqga amal qilmagan holda go’yo butun orol nomidan Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishi, Kiprning turk tomoni xalqining qonuniy haq va huquqlarini tortib olish haqqini beradi degani emasdir” deyildi.

Huddi mana shu tushuncha bilan Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi bilan Yevropa ittifoqi rasmiylari tomonidan berilgan va Turkiyaning bu faoliyatlarini noqonuniy deb baholagan bayonotlarning ham qabul qilinmaganligi qayd etilgan bayonotda,

“Bu orqali Yevropa ittifoqining Kipr muammosining hal qilinishi borasidagi muzokara jarayonlarida betaraf, xolis o’rtamchilik vazifasini o’z zimmasiga ololmasligi ochiq-oydin o’rtaga chiqdi” degan ifodalarga o’rin berildi.

 



Aloqador xabarlar