BMT Turk-Afg’on maktablarini Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazish bo’yicha qarorni qabul qildi

Turkiya va Afg’oniston davlat maorif vazirliklari o’rtasida imzolangan bitimga ko’ra, Turk-Afg’on maktablari Fathulloh Gulen harakatidan tortib olinib, Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazildi.

1226128
BMT Turk-Afg’on maktablarini Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazish bo’yicha qarorni qabul qildi

 

 

BMT Fathulloh Gulen harakati faoliyatiga zarba berdi.

Ta’kidlanishicha, BMT Fathulloh Gulen harakatiga qarashli bo’lgan Turk-Afg’on maktablarini Turkiya Maorif Jamg’armasiga topshirish bo’yicha qarorni rasman qabul qildi.

Turkiya va Afg’oniston davlat maorif vazirliklari o’rtasida imzolangan bitimga ko’ra, Turk-Afg’on maktablari hozirgi boshqaruvdan tortib olinib, Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazildi.

Ushbu bitim BMT bosh kotibligi tomonidan rasman tasdiqlandi.

Natijada, Fathulloh Gulen harakatiga BMT eshiklari butunlay yopildi deyish mumkin.

BMT huquqiga binoan olingan bu qaror BMTning rasmiy veb sahifasida e’lon qilindi.

Xozirgacha Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazilgan 8 ta maktabda Turkiya xalq ta’limi vazirligidan tayinlangan malakali o’qituvchilar tomonidan dars berilmoqda.

Turkiya hukumati nazoratida bo’lgan Maorif Jamg’armasi Afg’onistondagi Turk-Afg’on maktablariga sarmoya kiritish faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Fathulloh Gulen harakatidan Turkiya hukumati ixtiyoriga o’tkazilgan maktablardagi fizika, kimyo va biologiya laboratoriyalari hamda kutubxonalar qayta ta’mirlanmoqda.

Shu bilan birga, maktablarda Turkiyada yetishgan o’z sohasida malakali yetuk kadrlar ish bilan ta’minlanar ekan, ayni paytda yangi maktablar va yotoqxonalar insho etilmoqda.

 



Aloqador xabarlar