Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi xorijdagi vatandoshlarga yordam ko'rsatmoqda

“Yevropadagi vatandoshlar yozgi ta’tilda mamlakatimizga yana ham bemalol yetib kelishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda",-dedi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren.

1222175
Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi xorijdagi vatandoshlarga yordam ko'rsatmoqda
ytb.jpg
ytb.jpg
ytb.jpg

 

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi Turkiyaga dam olish uchun kelmoqchi bo’lganlarga Serbiyada yordam ko’rsatmoqda.

Ushbu yozgi ta’tilda Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasidan safarbar etilgan vakillar va turk politsiyasi xorijdan keladigan vatandoshlarni birinchi marta Turkiya chegarasida emas, balki Serbiyadagi chegaralarda kutib olmoqda.

“Yevropadagi vatandoshlar yozgi ta’tilda mamlakatimizga yana ham bemalol yetib kelishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda vataniga kelayotgan vatandoshlarimizni o’z politiyamiz va o’z xodimlarimiz hamda turk-serb tillarini biladigan talabalarimiz bilan birga Serbiyadagi chegara postlarida kutib olyabmiz”,-dedi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren.

Ta’kidlanishicha, shu yilning 1 iyulidan e’tiboran o’tish guzargohlaridan biri bo’lgan Nish yaqinlaridagi “Bosphoros Hotel” nomli mehmonxonada Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi standi tashkil qilinadi va aloqa markazi xizmat beradi.

Shu bilan birga, ular Serbiya chegarasida duch kelgan muammolarni hal qilish uchun +381 63 816 20 30 telefon raqamiga murojaat qilib, xizmat olishi mumkin.

Vatandoshlarni kutib olish marosimi Turkiyadagi chegara postlarida amalga oshiriladi. Ularning o’z ona vatanida sifatli dam olishi uchun kerakli barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Ular Turkiyadan jo’nab ketayotganda kuzatish tadbirlari o’tkaziladi. Qolaversa, qaytish yo’lida “Ipsala” va “Kapikule” chegara postlarida vatandoshlarning barcha ehtiyojlari ta’minlanadigan shaklda shart-sharoitlar yaratiladi.



Aloqador xabarlar