Akar: “Panja” amaliyoti orqali Iroq shimolidan kelgan terror xavfi butunlay yo’q qilinadi”.

Milliy Mudofaa vaziri, Adanada 27-may kuni PKK terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot haqida bayonot berdi.

1210687
Akar: “Panja” amaliyoti orqali Iroq shimolidan kelgan terror xavfi butunlay yo’q qilinadi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akarning qayd etisihcha, “Panja” amaliyotining tamomlanishi bilan Turkiyaga Iroq shimolidan kelgan terror xavfi butunlay yo’q qilinadi.

Hulusiy Akar hamrohligidagi Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler va Harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Hasan Kuchukyildiz bilan ko’rib chiqish va nazorat ishlari uchun mamlakatning Adana shahrida bo’ldi.

Adanada 27-may kuni PKK terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot haqida bayonot bergan Milliy Mudofaa vaziri,

“Askarlar tomonidan bu hududda terroristlar foydalangan har bir g’or va inga kirib chiqiladi. Ular butunlay yo’q qilinadi. Qandil, Asos va boshqa nuqtalarda ham aniqlab olingan terror obyektlari birinchi marotaba quriqlikdan qo’llab-quvvatlangan mahalliy va milliy olovli vositalarimiz orqali vayron qilinmoqda” deya gapirdi.

Suriyaning Idlib viloyatidagi oxirgi vaziyatga ham to’xtalgan Hulusiy Akar,

“Idlibda tezlik bilan tinchlikning ta’minlanishi va o’q uzishning to’xtatilishi uchun Rossiya bilan bo’lgan uchrashuvlarimizni davom ettirmoqdamiz” dedi.



Aloqador xabarlar